Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanada, Ispaniya va Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ish boshladi

Kanada, Ispaniya va Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ish boshladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 18-fevral kuni Kanada va Ispaniyaning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston TIV rahbari, jumladan, Kanadaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kristofer Duggandan ishonch yorliqlarini qabul qilib olish marosimi haqida to‘xtalib, xalqaro maydonda mintaqaning global roli kengayib borayotgani hamda O‘zbekiston Kanada davlati bilan aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rayotganini ta’kidlaydi. 

Shuningdek, Baxtiyor Saidov Ispaniyaning yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskesdan (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim bo‘lgan ulkan imkoniyatlarni alohida e’tirof etdik. Janob elchiga O‘zbekiston-Ispaniya hamkorligining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz», – deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari.

Bugun, 19-fevral kuni esa Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Yaap Ora ham O‘zbekiston TIV rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi.

«Elchi janoblari bilan O‘zbekiston va Estoniya davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qildik. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdik. Janob Elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz», – deydi bu haqda Saidov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring