Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alimentdan qochib yurgan ota «tuzoqqa tushdi»…

Alimentdan qochib yurgan ota «tuzoqqa tushdi»…

Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi A.J foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdor I.K.dan aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning yashash manziliga 2021-yil 22-may sanasida borilganida, qarzdor ushbu manzilda yo‘qligi, yaqin qarindoshining ko‘rsatmasiga ko‘ra u ijro harakatlari boshlanmasidan oldin, ya’ni 2020-yilning martida Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketganligi aniqlangan.

Shu sababli, unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Bugungi kunga kelib qarzdor I.K.ning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi 55 mln so‘mdan oshib ketgan.

Qarzdor joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi chegarasiga kirib kelgan va undiruvchi A.J.ga telefon orqali aloqaga chiqib aliment to‘lashni tugatib birga yashash istagini bildirgan. Bu haqida undiruvchi A.J. Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi davlat ijrochisiga xabar berib, qarzdorga nisbatan qonuniy chora ko‘rib berishini so‘ragan.

Shunda, MIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari  qarzdorni ushlash rejasi tuzilib, undiruvchi Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga chaqirilgan va unga qarzdorga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki yarashish niyati borligini, bu uchun u Byuroga kelishi kerakligini aytish tayinlangan.

Rejaga ko‘ra undiruvchi qarzdorga qo‘ng‘iroq qilib, uni Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga joriy yilning 11-dekabr kuni chaqirib olgan.

Qarzdor I.K. Byuroning Beruniy tuman bo‘limiga kelgan zahoti u aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudiga yuborilgan va sud tomonidan shu kunning o‘zida qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring