Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reytingi 100 foiz! «Yolg‘izlikning yuz yili» seriali muxlislarni mamnun etmoqda

Reytingi 100 foiz! «Yolg‘izlikning yuz yili» seriali muxlislarni mamnun etmoqda

«Yolg‘izlikning yuz yili» serialidan kadr

Gabriel Garsia Markes hayotlik chog‘ida o‘z kitobining ekranlashtirilishiga ruxsat bermagan, chunki asar ispanchadan boshqa tilda chiqishini istamagan. Qolaversa, asarning chuqur mazmunini kimdir ekranda aks ettira olishiga uncha ishonmagan.

Biroq oradan yillar o‘tib, yozuvchining shu nomli romani asosidagi «Yolg‘izlikning yuz yili» seriali suratga olinib, Netflix striming servisida birinchi fasli namoyish etildi. Magik realizm janridagi sakkiz qismli drama Rotten Tomatoesda aql bovar qilmas 100 foizlik reyting to‘pladi.

Serial syujeti markazida — abadiy Makondo qishlog‘i va bu yerda sevgi, unutilish, o‘tmish va taqdirning muqarrarligi bilan kurashayotgan Buendia oilasining yetti avlodi. Serialda bosh rollarni Klaudio Katano, Jeronimo Baron va Marko Gonzalez ijro etgan.

Kolumbiyalik yozuvchining ushbu asari birinchi marta 1967-yilda 50 million nusxada nashr etilgan. Keyinchalik 46 tilga (jumladan, o‘zbek tiliga) tarjima qilinib, nafaqat ispan tilidagi, balki jahon miqyosidagi adabiy durdonaga aylandi.

Gabriel Garsia Markes 2014-yilda vafot etgan. U hayotligida ekranga chiqarilishiga ruxsat bermagan asarning kinematogariyadagi debyuti chakki emas. O‘lmas asar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring