Yangiyo‘lda bank foydasiga qarzdordan 2 mlrd so‘mdan oshiq pul undirildi
Toshkent viloyatida qarzdordan 2 milliard so‘mdan ziyod naqd pul undirildi.
MIBning Yangiyo‘l shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor yuridik shaxsdan undiruvchi bank foydasiga jami 2 milliard 294 million so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud edi.
Biroq yuridik shaxs rahbari ushbu qarzdorlikni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
Ijrochilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar davomida, qarzdor kafilning bankdagi yana bir hisob raqamiga 2 milliard 111 million so‘m pul mablag‘lari kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Qarzdor esa, ushbu mablag‘larni MIB xodimlari yechib olmasligi uchun naqd pul ko‘rinishda olishga urinadi.
MIB xodimlari ushbu pul mablag‘larini tezkorlik bilan naqd ko‘rinishda hatlab olib, tegishli hisob raqam orqali bank qarzdorligi bo‘yicha yo‘naltirib berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter