Valyutafurushlarga qarshi reydlar kuchaytirildi: tafsilotlar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Yu. 3 000 AQSh dollarini 39 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 5 410 AQSh dollari, 51 600 Rossiya rubli, 13 450 Qirg‘iz somi va 16,4 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Koson tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.M. 3 300 AQSh dollarini 42,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan jami 2 800 AQSh dollari va 93,3 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Nishon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. va boshqalar fuqaro B.T.ga 3 400 AQSh dollarini 44,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter