Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Abdurahmonovning tarqalgan audiosiga rasmiy munosabat bildirildi

Shuhrat Abdurahmonovning tarqalgan audiosiga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: Xabar.uz

Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yana e’tibor markaziga tushib, uning ovozi ekani aytilayotgan audiosi tarqaldi.

Audioda qachon o‘tgani noma’lum yig‘ilishda hokim jurnalistlar bilan qanday gaplashishi, shuningdek, Marhamat tumanidagi «shallaqilar»ga qanday chora ko‘rganini aytib maqtangani anglashiladi. 

Tarqalgan audioyozuv yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unda audioyozuv Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovga tegishli ekanligi tan olinadi, biroq u bundan ikki yil muqaddam yozib olinganligi aytiladi.

Hokimlik matbuot xizmati Shuhrat Abdurahmonovning jurnalistni «hezalak» deb haqoratlagani «barcha OAV vakillariga emas, aksincha ayrim noxolis OAV xodimlariga nisbatan aytilgani»ni urg‘ulaydi.

Audioyozuvning ikkinchi – murojaatchilarni, «shallaqi» ayollarni 15 sutkaga «tiqib qo‘ygani» haqidagi qismiga hokimlik munosabat bildirmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring