Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati hokimi aks etgani aytilgan video bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Andijon viloyati hokimi aks etgani aytilgan video bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ushbu videoni tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda Andijon viloyati hokimini obro‘sizlantirishga qaratilgan turli mazmundagi xabarlar tarqatilib, axborot xuruji amalga oshirilgan.

«Internet tarmog‘ida Sh.Abdurahmonov aks etganligi iddao qilingan video tarqalishi ortidan, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda viloyat hokimining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obro‘sizlantiruvchi haqoratomuz postlar e’lon qilingan.

Shu sababli insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi ma’lumotlar tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborildi.

Hozirda qonunga xilof bunday ma’lumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Ushbu oliy qadriyatni buzganlik uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilangan», deyiladi, deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shuhrat Abdurahmonov ishdan olingani rasman rad etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring