Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet: 24-27-fevralda ob-havo keskin o‘zgarishi mumkin

O‘zgidromet: 24-27-fevralda ob-havo keskin o‘zgarishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 24-27-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

24-27-fevral kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir yog‘adi, 25-27-fevralda qorga aylanadi) bo‘ladi.

Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

26-27 fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring