O‘zbekistonga davolanish uchun kelayotganlar soni keskin oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,1 ming nafarga yoki 85,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Tojikiston — 51 603 nafar;
Qozog‘iston — 7 735 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 6 218 nafar;
Rossiya — 1 135 nafar;
Turkmaniston — 587 nafar;
Turkiya — 24 nafar;
Afg‘oniston — 19 nafar;
Ozarbayjon — 9 nafar;
boshqa davlatlar — 61 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter