Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘n nafar mansabdor javobgarlikka tortildi. Nega?

O‘n nafar mansabdor javobgarlikka tortildi. Nega?

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan.

Yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga o‘z vaqtida chiqarilishi tadbirkorlarni yer maydonlari bilan bog‘liq muammolarini tezkorlik bilan hal etilishiga xizmat qiladi.

Biroq ayrim vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini kelishish bilan bog‘liq harakatlarni o‘z muddatlarida bajarilmaganligi hamda tegishli hujjatlar elektron axborot tizimiga belgilangan vaqtda kiritilmaganligi sababli yer uchastkalarini savdoga chiqarishda kechikish holatlari yuzaga kelmoqda.

Namangan viloyatida yer uchastkalarini savdoga chiqarish jarayonlari hamda bu borada vakolatli tashkilotlarning faoliyati Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan o‘rganilib, bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Natijada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 5 nafar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi, 2 nafar elektr ta’minoti korxonalari, 2 nafar gaz ta’minoti korxonalari va 1 nafar sanitariya xizmati mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring