Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘z biznesi bo‘lgan 400 nafarga yaqin mansabdor aniqladi – Aksikorrupsiya agentligi 

O‘z biznesi bo‘lgan 400 nafarga yaqin mansabdor aniqladi – Aksikorrupsiya agentligi 

Vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilganda ayrim mansabdor shaxslarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan. 

Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik sub’yektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik sub’yektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan. 

«Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘yildi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring