Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
O‘zbekiston bo‘yicha 28-30 aprel kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Dam olish kunlari mamlakatimiz hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter