Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chimyonda tobi qochgan yigit 3000 metr balandlikdan olib tushildi

Chimyonda tobi qochgan yigit 3000 metr balandlikdan olib tushildi

Kecha, 12 avgust kuni soat 12:46 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markazi 1050 qisqa raqamiga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» MFY hududidagi «Katta chimyon» tog‘ida 1 nafar yigitga zudlik bilan yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, tobi qochib qolgan yigitga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. 

So‘ng yigitni dengiz sathidan 3100 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. 

Yigitning hyoatini saqlab qolgan qutqaruvchilar.

Qayd etilishicha, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring