Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchta Chevrolet eng serxarajat avtomobillar o‘nligiga kirdi

Uchta Chevrolet eng serxarajat avtomobillar o‘nligiga kirdi

Chevrolet Tahoe.

Foto: General Motors

Avtomobildan foydalanish davridagi xarajatlar mashina tanlashdagi muhim jihatlardan hisoblanadi. Har doim ham avtomobilning narxi to‘g‘ri ko‘rsatkich emas, narxi arzonroq mashina keyinchalik ko‘p chiqimga sabab bo‘lishi ham hech gapmas.

Masalaga ana shu tomonlama yondashgan Amerikaning Self sayti foydalanish davrida eng ko‘p va eng kam xarajatga sabab bo‘luvchi avtomobillar reytingini tuzdi.

Tadqiqotda turli avtomobil modellaridan foydalanilgan yillardagi xarajatlar hisobga olindi. Shuningdek, yonilg‘i (elektromobillar uchun quvvatlash), texnik xizmat ko‘rsatish va sug‘urtalash xarajatlari ko‘zda tutildi.

Ma’lum bo‘lishicha, gibridlar va elektromobillar o‘rtacha olganda ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga qaraganda 15 foiz kamchiqim. Va aksincha, turli pikaplar va yo‘ltanlamaslardan foydalanish xarajat ustiga xarajatdan iborat.

Eng kamchiqim avtomobillar (top-10):

  1. Tesla Model 3
  2. Hyundai Elantra
  3. Toyota Corolla
  4. Kia Forte (Cerato)
  5. Honda Civic
  6. Honda Accord
  7. Tesla Model Y
  8. Nissan Altima
  9. Toyota Camry
  10. Honda CR-V.

Eng serxarajat avtomobillar (top-10):

  1. Chevrolet Tahoe
  2. Lexus RX
  3. Ram Pickup
  4. Toyota 4Runner
  5. Chevrolet Silverado
  6. Ford F-Series
  7. Ford Bronco
  8. Toyota Tundra
  9. GMC Sierra
  10. Chevrolet Traverse.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring