Yaponiyaning davlat qarzi rekord darajada oshdi

Yaponiyaning davlat qarzi, 2024-yil yakuniga ko‘ra, mamlakat tarixidagi eng yuqori darajaga ko‘tarilib qariyb 1 317,64 trln iyena (deyarli $8,7 trln)ni tashkil etmoqda. Yaponiya moliya vazirligi bu haqda ma’lum qildi.
Qarz miqdori 2023-yil yakuniga nisbatan 31,8 trln iyena ($205 mlrd)ga oshdi. Kyodo axborot agentligi ta’kidlashicha, amaldagi hukumat qarzdorlikni qisqartira olishi dargumon, chunki davlat budjetini tasdiqlovchi parlament quyi palatasida uning tarafdorlari ozchilik, qolaversa, soliqlarni pasaytirish va xarajatlarni oshirishni (birinchi navbatda ta’lim uchun) talab qilayotgan muxolifatchilar bosimiga uchramoqda.
2024-yil aprelidan 2025-yil martigacha davrni ichiga olgan amaldagi moliyaviy yilda Yaponiyada budjet taqchilligi 34,95 trln iyena (salkam $230 mlrd)ni tashkil etmoqda. Va u davlat obligatsiyalarini chiqarish hisobiga qoplanmoqda. Obligatsiyalarni chiqarish oxirgi uch yilda qisqardi, mamlakat budjetining qarz majburiyatlari hanuz 30 foizga yaqin darajada qolmoqda. Kunchiqar yurtning davlat qarzi hajmi milliy yalpi ichki mahsulot (YIM)dan ikki baravardan ziyodroq kattalashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter