Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya — AQSh bojlariga qarshi birlashdi

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya — AQSh bojlariga qarshi birlashdi

Illyustrativ foto

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya birgalikda AQShning savdo cheklovlariga qarshi turishga qaror qildi va elektron butlovchi qismlarni o‘zaro yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda Gonkongning The Standard nashri xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Xitoy mikrosxemalarni yapon va koreys kompaniyalaridan sotib oladi. Evaziga Yaponiya va Janubiy Koreya yarimo‘tkazgichlar uchun xom ashyoni Xitoydan import qiladi. Bu hamkorlik AQSh sanksiyalariga qaramlikni kamaytirishda ko‘maklashadi, deb yozdi nashr.

Bloomberg agentligi yozishicha, Tramp 2-apreldan barcha mamlakatlar uchun o‘zaro boj tariflarini joriy etishni boshlashni rejalashtirgan.

Bungacha faqat ayrim mamlakatlar uchun bojlar joriy etilgan edi. Xususan, Tramp Yevroittifoq, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Meksika va Kanadaning import mahsulotlari uchun javob bojlari joriy etishni rejalashtirmoqda. Oq uy rahbariga ko‘ra, bu davlatlar o‘nlab yillar davomida AQShga qarshi boj qo‘llab kelgan. U bu holatni «o‘ta adolatsizlik» deb atab, javob chorasi ko‘rish navbati Vashingtonga kelganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring