Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vanuatu poytaxti yaqinida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Vanuatu poytaxti yaqinida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Fokus

Tinch okeanida joylashgan Vanuatu mamlakati sohillarida magnitudasi 7,3 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi, sunami xavfi e’lon qilingan, deya xabar berishdi amerikalik seysmologlar va meteorologlar.

AQSh Geologiya xizmati (USGS) xabariga ko‘ra, zilzila soat 01.47 (UTC)da (bizning vaqt bilan bugun, 17-dekabr soat 06:47 da) mamlakat poytaxti — 35,9 ming kishi yashovchi Port-Viladan 30 kilometr g‘arbda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 43 km chuqurlikda joylashgan.

Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA, AQSh) xabar berishicha, sunami to‘lqinlari zilzila markazidan 300 kilometrgacha olislikdagi sohillargacha yetib borishi mumkin.

Hozircha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, AQShning Vanuatudagi elchixonasi binosiga jiddiy ziyon yetgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring