Turkiya Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkin

Turkiya Mudofaa vazirligi payshanba kuni mamlakat Ukrainaga harbiy kuch yuborish masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Anqara bu qarorni Yevropa xavfsizligiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqyapti.
Turkiya NATO va YeXHT a’zosi sifatida mintaqaviy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi ekanini qayd etgan. Bayonotda Anqaraning ilg‘or mudofaa sanoati, qudratli armiyasi va inqirozlarni hal qilishdagi muhim roli alohida ta’kidlangan.
Bungacha OAV Turkiya Ukraina va Rossiya vakillari bilan muzokaralar chog‘ida o‘z qo‘shinlarini «tinchlikparvar kuchlar» tarkibida Ukraina hududiga joylashtirish g‘oyasiga ochiqligini bildirgani haqida xabar bergan edi. Biroq rasmiylar Turkiya bu kabi missiyada faqat keng qamrovli maslahatlashuvlardan so‘ng ishtirok etishi mumkinligini bildirgan.
Hozircha Turkiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy ishtiroki bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan, lekin bu mavzu xalqaro maydonda muhokama qilinishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter