«Tolibon» Pokistonga keskin ayblov qo‘ydi va qarshi javobga va’da berdi
Afg‘onistonni nazorat qiluvchi «Tolibon» harakati Pokistonning Afg‘oniston janubi-sharqidagi havo hujumini qoraladi.
Rasmiy Kobul ma’lumotlariga ko‘ra, 46 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Khaama Press axborot agentligi.
«Tolibon»ga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Yana olti kishi jarohatlangan.
Pokiston armiyasiga yaqin axborot manbalariga ko‘ra, Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bergan zarbalar chog‘ida mamlakat harbiy-havo kuchlari "Tehrik-i-Tolibon Pokiston"ning to‘rtta bazasini yo‘q qilgan, bir necha jangari yo‘q qilingan.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokistonga afg‘on aholisining o‘limi va mamlakat suverenitetini buzgani uchun javob berishga va’da berdi. Pokiston tomoni hujumlar yuzasidan hali rasman izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter