Saudiya Arabistoni va BAA AQShdan mlrd dollarlik qurol sotib oladi
AQSh davlat departamenti Saudiya Arabistoni va BAAning milliardlab dollarlik mudofaa shartnomalari uchun uchun «yashil chiroq»ni yoqdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik boshqarmasi bayonot berdi.
Xususan:
- AH-64A/D/E Apache vertolyotlarida qo‘llaniladigan, tanklarga qarshi yarimfaol kallakli o‘zitopar raketalar (AGM-114R3 Hellfire II)dan 2 503 tasini Saudiya Arabistoni sotib oladi. Ushbu shartnoma qiymati — 655 mln dollar, ijrochi — Lockheed Martin kompaniyasi.
- F-15 qiruvchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan 220 ta aviatsiya raketasi (AIM-9X Block 3)ni ham saudiyaliklar sotib olmoqda. Bu shartnoma qiymati — 251 mln dollar, buyurtmani Raytheon kompaniyasi bajaradi.
- Shuningdek, Saudiya Arabistoni AQShdan M60A3 tanklarida qo‘llaniluvchi 105 mm kumulyativ tank snaryadlari va boshqa xildagi o‘q-dorilarni sotib oladi. Bu savdoning umumiy qiymati — 139 mln dollar.
- Birlashgan Arab Amirliklari esa ATACMS raketalari, GMLRS snaryadlari va ular bilan bog‘liq tizimlarni 1,2 mlrd dollarga xarid qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter