Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni va BAA AQShdan mlrd dollarlik qurol sotib oladi

Saudiya Arabistoni va BAA AQShdan mlrd dollarlik qurol sotib oladi

ATACMS uzoqqa uchuvchi raketa tizimi. Suratdagi shu bitta raketaning narxi — 1 mln dollardan yuqori.

AQSh davlat departamenti Saudiya Arabistoni va BAAning milliardlab dollarlik mudofaa shartnomalari uchun uchun «yashil chiroq»ni yoqdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik boshqarmasi bayonot berdi.

Xususan:

  • AH-64A/D/E Apache vertolyotlarida qo‘llaniladigan, tanklarga qarshi yarimfaol kallakli o‘zitopar raketalar (AGM-114R3 Hellfire II)dan 2 503 tasini Saudiya Arabistoni sotib oladi. Ushbu shartnoma qiymati — 655 mln dollar, ijrochi — Lockheed Martin kompaniyasi.
  • F-15 qiruvchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan 220 ta aviatsiya raketasi (AIM-9X Block 3)ni ham saudiyaliklar sotib olmoqda. Bu shartnoma qiymati — 251 mln dollar, buyurtmani Raytheon kompaniyasi bajaradi.
  • Shuningdek, Saudiya Arabistoni AQShdan M60A3 tanklarida qo‘llaniluvchi 105 mm kumulyativ tank snaryadlari va boshqa xildagi o‘q-dorilarni sotib oladi. Bu savdoning umumiy qiymati — 139 mln dollar.
  • Birlashgan Arab Amirliklari esa ATACMS raketalari, GMLRS snaryadlari va ular bilan bog‘liq tizimlarni 1,2 mlrd dollarga xarid qilmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring