Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda korrupsionerlardan tortib olingan pullarga 40 dan ortiq maktab qurildi

Qozog‘istonda korrupsionerlardan tortib olingan pullarga 40 dan ortiq maktab qurildi

Qozog‘istonda 2023-yilda korrupsionerlardan tortib olingan pullarga 43 ta maktab qurilgan.

Mamlakat Ta’lim vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, maktablarning aksariyati Ostona, Olmaota va Turkiston viloyatlarida joylashgan. Xususan, Ostonada o‘nta, Olmaota va Turkiston viloyatlarida sakkiztadan maktab ochilgan.

«Mamlakatda uchta avariya holatdagi va 13 ta uch smenali maktablar masalasi hal qilindi. Natijada hududlarda 54,4 mingta yangi o‘quvchi o‘rni paydo bo‘ldi», – deyiladi vazirlik xabarida. 

Orda.kz saytining yozishicha, korrupsion jinoyatlarda olingan mablag‘lar evaziga qurilgan birinchi maktab Aqto‘be viloyatida 2023-yilning fevralida ochilgan.

«Aqto‘be viloyatida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalarida 2022-yil sentyabr oyida korrupsiya jinoyatlarida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan 197 million tenge miqdoridagi zarar qoplangan. Bu pullar aynan ushbu qishloq maktabini qurishga sarflandi. Bu maktab avvallari muammoli deb e’tirof etilgan edi», – degan edi Aqto‘be viloyati hokimligi.

Shuningdek, 2023-yilning dekabrida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham korrupsionerlar puliga qurilgan Ostonadagi 96-maktab-gimnaziyasiga tashrif buyurgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring