«Qochoq millionerlar» qayerga ketishyapti?
Buyuk Britaniyadan millionerlarning ko‘chib ketishi avjiga chiqdi, mamlakat bu borada Hindistonni quvib o‘tib, Xitoyga yetishiga oz qoldi. Henley & Partners statistikasi shundan dalolat bermoqda.
Millionerlarning ketishiga turtki bo‘lgan omillar asosan: ular uchun soliqlarning oshirilishi rejalashtirilayotgani, sanksiyalar xavfi va geosiyosiy xatarlar.
2024-yil yakuniga qadar Britaniyadan 9 500 nafar boy kishi ko‘chib ketishi kutilmoqda. Shuningdek, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va Rossiya boylar eng ko‘p chiqib ketayotgan beshlikni tashkil etmoqda.
Va aksincha, millionerlarni o‘ziga jalb qilayotgan mamlakatlar kuchli beshligi ham bor: BAA, AQSh, Singapur, Kanada va Avstraliya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter