Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-Yorkda IShID tahdidi sabab xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Nyu-Yorkda IShID tahdidi sabab xavfsizlik choralari kuchaytirildi

AQShning Nyu-York shtati hukumati «Viloyat Xuroson» guruhi (IShIDning afg‘on qanotiga qarashli) tarafdorlari tahdidi tufayli iyun oyida bo‘lib o‘tadigan kriket bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. 

Bu haqda CNN Nassau okrugi politsiya komissari Patrik Rayderga asoslanib xabar berdi.

Guruh tarafdorlari aprel oyida kriket bo‘yicha jahon chempionati bilan bog‘liq tahdidli bayonot bilan chiqishgan, deydi politsiya xodimi telekanalga. Telekanal qayd etganidek, ular keyinchalik tahdidni kengaytirib, uni Hindiston va Pokiston terma jamoalari o‘rtasidagi 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin bilan bog‘lashdi.

«Nassau okrugiga butun dunyodan muxlislar keladi... Biz ko‘plab ehtiyot choralarini ko‘rdik va stadion va uning atrofidagi Eyzenxauer bog‘i xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qildik», dedi Rayder.CNN ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya komissari bu choralarni «okrug tarixidagi eng yirik xavfsizlik operatsiyasi» deb atadi.

Eslatish joizki, «Viloyat Xuroson» aprel oyida Yevropa Chempionlar ligasi tufayli ham tahdidli bayonotlar e’lon qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring