Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish «amalda imkonsiz» bo‘lib chiqdi

Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish «amalda imkonsiz» bo‘lib chiqdi

Janubiy Koreya tergovchilari hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol qo‘riqchilari bilan ko‘p soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng uni hibsga olish niyatidan qaytishdi.

«Fikrimizcha, faol qarshilik tufayli hibsga olish mumkin emas. Biz yerdagi jamoamizdan xavotirdamiz. Ayblanuvchining munosabatidan chuqur afsusdamiz», dedi Janubiy Koreyaning Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosi.

Prezident Yunni hibsga olish uchun order shu hafta boshida Seul tuman sudlaridan biri tomonidan chiqarilgandi.

Bugun, juma kuni tergovchilar uni hibsga olish uchun Yunning qarorgohiga borishdi, biroq prezident xavfsizligi xodimlari ularni to‘xtatib qolishdi.

Yun Sok Yol dekabr oyi boshida muxolifatga qarshi kurash jarayonida mamlakatda harbiy holat joriy etishga urinib ko‘rdi, shundan so‘ng parlament unga impichment e’lon qildi va uni isyonga urinishda aybladi.

Yunning advokatlari hibsga olish orderini ham, hibsga olishga urinishni ham noqonuniy deb atashmoqda.

Voqea joyidan BBCning xabar berishicha, tergovchilar guruhi prezident Yun tarafdorlarining «Biz g‘alaba qozondik!» degan hayqiriqlari ostida qarorgohni tark etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring