Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Italiya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Foto: BBC

Italiya Respublikasi prezidenti Serjio Mattarella rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda. Tashrif  9−11 noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

«Rim uchun Toshkent bilan hamkorlik O‘zbekistonning Yevropa va Uzoq Sharq, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik mavqeyi sabab alohida ahamiyatlidir», deya qayd etadi Agenzia Nova agentligi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7-9 iyun kunlari Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga borgandi. Davlatimiz rahbari Kiji saroyida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Serjio Mattarellani mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgandi.

Ma’lumot uchun, 1997 yilda Italiya prezidenti Oskar Luiji Skalfaro ham O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring