Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Italiya 98-daqiqadagi gol bilan Xorvatiyani og‘ir ahvolda qoldirdi

Yevro-2024. Italiya 98-daqiqadagi gol bilan Xorvatiyani og‘ir ahvolda qoldirdi

Yevropa chempionatida V guruhida 3-tur bahslari yakuniga yetdi. 

Xorvatiya Italiya bilan bahsda so‘nggi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarib, qiyin vaziyatda qoldi. 54-daqiqada penaltidan foydalana olmagan Modrich bir daqiqa o‘tib gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 98-daqiqada Zakkani muvozanatni tiklab, «moviy gvardiya»ni 2-o‘rin bilan pley-offga olib chiqdi.

Italiya 1/8 finalda Shveysariya bilan o‘ynaydi. Xorvatiyada keyingi bosqichga chiqish uchun deyarli imkoniyat qolmadi. 

Ispaniya esa Ferranning goli evaziga Albaniyadan ustun kelib, guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi.

Xorvatiya — Italiya 1:1

Gollar: Modrich (55) — Zakkani (90+8). 

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Modrich (54). 

Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Mayer, 80), Kovachich (Ivanushets, 70), Brozovich, Pashalich (Budimir, 46), Suchich (Perishich, 70), Kramarich (Yuranovich, 90)

Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Darmian (Zakkani, 81), Bastoni, Kalafiori, Dimarko (Keza, 57), Jorjinio (Fajioli, 81), Barella, Pellegrini (Frattezi, 46), Raspadori (Skamakka, 75), Retegi.

Ogohlantirishlar: Suchich (24), Modrich (60), Ivanushets (73), Pongrachich (78), Stanishich (82), Brozovich (90+1), Kalafior (90+3), Fajioli (90+6). 

Albaniya — Ispaniya 0:1

Gol: Torres (13).

Albaniya – Strakosha, Baliu, Jimsiti, Ayeti, Mitay, Lyachi (Berisha, 70), Bayrami (Xoja, 70), Ramadani, Aslani, Asani (Muchi, 81), Manay (Broya, 59).

Ispaniya – Rayya, Navas, Laport (Le Norman, 46), Vivian, Grimaldo, Merino, Olmo (Baena, 84), Subimendi, Oyarsabal (Fermin Lopes, 62), Ferran Torres (Yamal, 71), Xoselu (Morata, 72).

Ogohlantirishlar: Bayrami (66), Berisha (89), Vivian (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring