Dinozavr skeleti 44,6 mln dollarga sotildi
Kech Yura davri (taxm. 163–145 mln yillar avval)ga mansub stegozavr skeleti Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida rekord qiymat — 44,6 mln dollarga sotildi. Bu haqda Sotheby’s auksionlar uyiga asoslanib Forbes xabar berdi.
Sotheby’s ma’lum qilishicha, APEX deb nomlangan bu skelet shu paytgacha topilgan stegozavr suyaklari orasida eng yaxshi saqlangani sanaladi.
$44,6 mln esa uni auksionlar tarixida eng qimmatga sotilgan qazilmaga aylantirdi. Oldingi rekord «Sten» laqabli tirannozavrga tegishli edi — $31,8 mln.
Auksionlar uyi sotuvchining nomini ko‘rsatmadi (xaridorning nomi umuman sir tutiladi). Faqat uning taniqli va hurmatli tijoriy paleonotolog ekani, stegozavr skeletini o‘ziga qarashli yerda (Kolorado shtati, 2022 yil) topib olgani keltirilgan.
Stegozavr skeleti 3 metrdan balandroq, uzunligi 6 metr atrofida. Deyarli to‘liq va yaxshi saqlangan.
Forbes kuzatuviga ko‘ra, APEX kutilganidan $4-6 mln qimmatroq sotilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter