Britaniya qiroli yana shifoxonaga tushdi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saratondan davolanishning «yon ta’siri» sababli shifoxonaga tushdi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmati xabar berdi.
Qirol davolanishga o‘tkazilganligi sababli, u qatnashishi rejalashtirilgan 27-28-martdagi barcha tadbirlar bekor qilindi.
Xabarga ko‘ra, bir oz muddat shifokorlar kuzatuvida bo‘lgan monarxga Londondagi Klarens-haus qarorgohiga ketishga ruxsat berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter