Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan buyon ilk bor bayonot berdi

Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan buyon ilk bor bayonot berdi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hokimiyatdan ketgandan beri ilk bor bayonot berdi

Asad 8 dekabr erta tonggacha Damashqda qolib, o‘sha kuni kechqurungina mamlakatni tark etganini aytdi. Bu haqda sobiq prezident idorasining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntida xabar paydo bo‘lgan.

Asadning ta’kidlashicha, u Suriyada sodir bo‘lgan voqealar paytida bir marta ham iste’foga chiqish va mamlakatni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmagan.

O‘tgan hafta Reuters Asad o‘z tarafdorlari va yaqinlarini qochish haqida ogohlantirmaganini yozgan edi. Nashr manbasiga ko‘ra, Asad mamlakatni tark etishidan bir necha soat oldin yuqori martabali razvedka va armiya mulozimlarini yig‘ib, ularga «Rossiyadan harbiy yordam kelishini» aytgan. U kun oxirida ofis menejeriga uyga ketayotganini aytdi, lekin aslida aeroportga ketdi, dedi Reuters suhbatdoshlari. Nashrning yozishicha, u oxir-oqibat vertolyotda Iroqqa uchgan. Asadning rafiqasi Asma va ularning uch farzandi ushbu parvoz paytida allaqachon Rossiyada edi, deb yozadi Reuters.

Avvalroq Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Asadning qochib ketishini Rossiya razvedkasi uyushtirgani haqida xabar bergan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring