Argentina prezidenti ko‘chirmakashlikda ayblandi (video)
Otashin nutqlari va xatti-harakatlari bilan tilga tushgan Argentina prezidenti Xaver Miley plagiatda ayblanmoqda. Sharhlovchilar va jurnalistlarning uqtirishicha, 24-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqqan Miley ancha ommalashgan «G‘arbiy qanot» (West Wing) Amerika siyosiy seriali bosh qahramonining nutqidan so‘zma-so‘z foydalangan. Bu haqda The Guardian nashri yozdi.
Argentinalik siyosiy sharhlovchi Karlos Pani ta’kidlashicha, Miley va yuqorida tilga olingan serial qahramoni Jed Batler (Martin Shin ijro etgan AQSh prezidenti obrazi) nutqlari «favqulodda o‘xshashlik»ka ega.
Argentinadagi so‘l qanot g‘oyalarini ifodalovchi Página 12 gazetasi ham Miley teleserialdagi AQSh prezidentning monologini «so‘zma so‘z» ko‘chirib olgani haqida yozdi.
G‘alati o‘xshashlik aksariyat argentinaliklarni ajablantirmoqda. Mahalliy OAV yozishicha, Xaver Mileyning jamoasida strategik aloqalar bilan shug‘ullanuvchi Santyago Kaputo «G‘arbiy qanot» serialining ashaddiy muxlisi sanaladi — 7-9 marta qayta tomosha qilgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter