Apple Turkiyaga yordam uchun mablag‘ ajratadi
Apple kompaniyasi bosh direktori Tim Kuk Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam uchun mablag‘ ajratishini aytdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.
«Biz Turkiya va Suriyada vayronagarchiliklardan jabrlanganlarning barchasiga hamdardligimizni bildiramiz. Apple yordam va qayta tiklash ishlari uchun xayr-yehson yuboradi», deya yozgan Tim Kuk.
Eslatib o‘tamiz, kecha 6-fevral kuni ertalab Turkiyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 2 921 nafarga yetgan, 15,834 kishi esa jabrlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter