Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy dunyodagi eng yirik termoyadroviy sintez markazini qurmoqda — Reuters

Xitoy dunyodagi eng yirik termoyadroviy sintez markazini qurmoqda — Reuters

Foto: Planet Labs/Reuters

Xitoy janubi-g‘arbidagi Myanyan tog‘larida dunyodagi eng yirik termoyadroviy sintez markazi qurilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi sun’iy yo‘ldoshlarda olingan suratlarga asoslanib xabar berdi.

CNN 2024 yilda tarqatgan xabarga ko‘ra, obyekt yadroviy texnologiyalar va sof energetika sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan. Majmua vodorod izotopli markaziy kameraga lazer nurlarini yo‘naltiruvchi to‘rt blokdan iborat bo‘ladi. Lazerli inersion termoyadroviy sintez texnologiyasidan atom yadrolarini biriktirish va energiyani ajratib olishda foydalaniladi.

Ekspertlarning fikricha, obyekt nafaqat tinchlik maqsadlariga, balki yangi avlod yadroviy qurolini yaratishga ham xizmat qilishi mumkin.

Ayni paytda lazerli termoyadroviy sintez sohasida AQSh yetakchi sanaladi: 2022-yilda mamlakatning Lazerli termoyadroviy reaksiyalar milliy majmuasi (NIF) birinchi marta energiyaning sof o‘sishiga erishdi (bunda termoyadroviy reaksiya uni ushlab turishga sarflangandan ko‘proq energiya beradi).

Xitoy qurayotgan obyekt NIFga qaraganda 50 foiz kattaroq va jahondagi eng yirik termoyadroviy sintez markaziga aylanishi kutilmoqda. Bu toifadagi markazlar o‘lchami qancha katta bo‘lsa shuncha katta bosimga erishiladi, biroq sinov-tajribalar murakkabligi o‘zgarmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring