Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TikTok asoschisi — Xitoyning eng boy odami

TikTok asoschisi — Xitoyning eng boy odami

Foto: Reuters / Depositphotos

TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasining asoschisi, 41 yoshli Chjan Imin Xitoyning eng boy kishisiga aylandi, deb xabar berdi CNN.

Tadbirkorning boyligiga 2024 yilda 13,6 mlrd dollar qo‘shilib, 2025-yil marti yakunlariga ko‘ra, jami 57,5 mlrd dollarga yetdi.

2017-yil may oyida rasman ishga tushganidan buyon TikTok shiddat bilan ommalashib, dunyoning barcha burchaklarida yashovchi yoshlarning sevimli ijtimoiy mediaplatformasiga aylandi.

Xitoy boylari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda Tencent Holdings texnologiya kompaniyasi hammuassisi, 56,6 mlrd dollar kapitalga ega Poni Ma (shuningdek, Ma Xuaten nomi bilan mashhur) qayd etildi.

Uchinchi o‘rinda — qadoqlangan suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi rahbari Chjun Shanshan. Uning boyligi 54,1 mlrd dollarga baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring