«IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni yanada osonlashtirishimiz kerak» — Sherzod Shermatov
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Dastlab vazir markaz faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. So‘ng markazda amalga oshirilgan ishlar hamda yaqin kelajakda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha taqdimot namoyish etildi. Ularning har biri bo‘yicha alohida muhokama o‘tkazilib, mavjud muammolar yechimi ko‘rib chiqildi.
Yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi loyihasi ham bor.
«IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topishimiz va unga ko‘ra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur», — dedi Sherzod Shermatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter