Vazir yangi xizmatdan qancha odam foydalanganini ma’lum qildi
Abonent raqamlarini ko‘chirish xizmatidan 1000 dan ortiq odam foydalandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Spot’ga ma’lum qildi.
Vazir bu birinchi hafta ko‘rsatkichlari ekanini, barchasi yaxshi ketayotganini ko‘rishgach, bundan ham ko‘proq bo‘lishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyi oxirigacha vazirlik raqamlarni ko‘chirish xizmatining dastlabki natijalari haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 27 oktabrdan boshlab raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish xizmati ishga tushirilgandi.
Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi. Keyinchalik bu xizmat onlayn foydalanish imkoniyati bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter