Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biz ichadigan suv qanday tayyorlanadi – «Buloq boshi»ga press-tur tashkil qilindi

Biz ichadigan suv qanday tayyorlanadi – «Buloq boshi»ga press-tur tashkil qilindi

Bugungi kunimizni qadoqlangan ichimlik suvisiz tasavvur qilish qiyin. Deyarli har kuni uni iste’mol qilamiz.

Mana shu suv qanday tayyorlanishini o‘rganish maqsadida «Navruz International Corp.» MChJ va «CRPT TURON» hamkorligida «Montella» suv ishlab chiqarish korxonasiga press-tur tashkil qildi.



Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari, shuningdek, «CRPT TURON» markirovkalash tizimining milliy operatori vakillari ishtirok etdi.

Press-tur doirasida ishtirokchilar kompaniya tarixi, uning ishlab chiqarish yutuqlari, shuningdek, raqamli markirovka kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan tanishdilar. Ishtirokchilar markirovka har bir mahsulotni ishlab chiqarishdan do‘kon rastalarigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda nazorat qilish imkonini berishini bilib oldilar. Ushbu texnologiya kontrafaktga qarshi kurashishga yordam beradi, mahsulotlar sifatini kafolatlaydi va iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi.

«CRPT TURON» mutaxassislari va ishlab chiqaruvchining vakili Data Matrix kodlarini qo‘llashning asosiy talablari va xususiyatlari, shuningdek, kodlarning tuzilishi haqida so‘zlab berishdi. Asl Belgisi mobil ilovasi yordamida mehmonlarga mahsulotning haqiqiyligi va sifat standartlariga muvofiqligini qanday tekshirish kerakligi ko‘rsatildi.

Muhbirlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va markirovka jarayonini bevosita kuzatishdi.



O‘zbekistonda 2024 yil 1 martdan «Suv va salqin ichimliklar» toifasini majburiy markirovkalash boshlandi. Ushbu toifani markirovkalash qoidalari va bosqichma-bosqichligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 noyabrdagi «Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 631-son qarori bilan tasdiqlangan.

«CRPT TURON» MChJ - Asl Belgisi raqamli markirovkalash milliy axborot tizimi operatori hisoblanadi. Press-tur davomida tizimning asosiy tamoyili - iste’molchilar oldidagi halollik ekani ta’kidlandi.

Asl Belgisi negizida:

- Ikki komponent birlashmasi - markirovkalashning raqamli yechimi va jamoatchilik nazorati vositasi;

- Ishlab chiqarish va logistikadan tortib savdoni kuzatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarning shaffofligi;

- Raqamli markirovka qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, dori vositalari, suv va salqin ichimliklar, maishiy texnika va elektronika;

-
 Onlayn kassalarning mavjudligi - chakana savdo to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovka tizimi ma’lumotlari bilan sinxronlashtiriladi, noqonuniy tovarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi;

-
 Iste’molchi ko‘magi - smartfonida Asl Belgisi ilovasi o‘rnatilgan har qanday shaxs tovarning qonuniyligini tekshirishi mumkinligi yotadi.

Ilovadan foydalanish juda qulay - undagi Data Matrix raqamli kodini skanerlash kifoya va natijalar darhol kelib chiqadi.



Raqamli markirovkaning ishlab chiqaruvchi uchun afzalliklari:

1. Brendni himoya qilish:

- Qalbaki mahsulotlarni oldini oladi.
- Iste’molchilarning brend sifati va haqiqiyligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

2. Biznes jarayonlarini optimallashtirish:

- Mahsulot harakatini hisobga oladi va nazorat qilishni soddalashtiradi.
- Inventarizatsiya va logistika jarayonlarini avtomatlashtiradi.

3. Bozordagi mavqeini yaxshilash:

- Qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi tufayli rasmiy savdo kanallariga chiqiladi.
- Ta’minot zanjirining shaffofligi hisobiga raqobatbardoshlik oshadi.

4. Iste’molchi bilan bevosita aloqa:

- Data Matrix kodlari orqali mijozlarni mahsulot xususiyatlari haqida xabardor qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

5. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish:

- Bozorda ishlash, shu jumladan eksport qilish uchun talablarga muvofiqlik.
- Raqamli texnologiyalarni joriy etishda imtiyoz yoki subsidiyalar olish imkoniyati.

6. Obro‘ni oshirish:

- Zamonaviy sifat va xavfsizlik standartlariga sodiqlik namoyish etiladi.
- Mas’ul ishlab chiqaruvchi imidji mustahkamlanadi.

Iste’molchilar uchun afzalliklar:

- Mobil ilova orqali tovarning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
- Kontrafakt sotib olish xavfi kamayadi.
- Mahsulotning tarkibi, kelib chiqishi va yaroqlilik muddati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Ma’lumot uchun:

«Navro‘z International Corp.» kompaniyasi 2003 yil mart oyida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston bozoridagi ilk brendlardan biri bo‘lgan «Aqua» shishali suv ishlab chiqarishdan boshlagan. 2009 yildan 2010 yilgacha yangi liniyalar ishga tushirildi: «Ays» brendi ostida qadoqlangan choy, «Ekzo» sharbatli ichimligi va «Montella» suvi.

2013 yilda assortiment «Frutto» mevali ichimliklari bilan to‘ldirildi va 2014 yilda bozorda «Kvas Xlebniy» paydo bo‘ldi. 2015 yil muhim bosqich bo‘ldi: texnik modernizatsiya tufayli «18+» energetik ichimligi va tunuka qadoqda kuchli gazlangan «RG Colla» ichimligini ishlab chiqarish boshlandi. O‘sha yili ushbu formatda yangilangan «Ays» choyi taqdim etildi, u sotuv bo‘yicha yetakchilarda mustahkam o‘rnashib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring