«Real» yangi rekord o‘rnatdi
2004 yildan so‘ng ilk marta o‘tkazilgan qit’alararo kubok finalida YeChL g‘olibi «Real» KONKAKAF chempioni «Pachuka» ustidan g‘alaba qozondi.
Dastlab Mbappening, ikkinchi bo‘limda Rodrigo va Vinisiusning gollari yirik hisobdagi g‘alabani ta’minladi.
Madrid klubi o‘z tarixida to‘rtinchi bor kubok sohibiga aylanib, yangi rekord qayd etdi. Madrid klubi YeChL (15) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini (5) yutish bo‘yicha ham rekordchi sanaladi.
Qit’alararo kubok. Final
Real (Ispaniya) — Pachuka (Meksika) 3:0
Gollar: Mbappe (37), Rodrigo (53), Vinisius (84, penalti).
Real – Kurtua, Fran Garsiya, Ryudiger, Chuameni, Vaskes (Asensio, 88), Kamavinga (Seballos, 62), Valverde, Bellinghem (Guler, 88), Vinisius, Rodrigo (Modrich, 70), Mbappe (Dias, 62).
Pachuka – Moreno, Gonsales, Mikolta, Barreto, Rodriges (Sanches, 75), Pedrasa, Montiel, Deossa (Ernandes, 88), Bautista (Mena, 75), Idrissi (Dominges, 88), Rondon.
Ogohlantirishlar: Pedrasa (51), Rondon (90+3).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter