Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norvegiyada darvozabon ko‘rsatgan eng yaxshi o‘yini uchun tuxum bilan taqdirlandi

Norvegiyada darvozabon ko‘rsatgan eng yaxshi o‘yini uchun tuxum bilan taqdirlandi

Shu yilning 30-mart kuni Norvegiya chempionatiga start berildi. Dastlabki tur bahsida «Brunet» jamoasi o‘z uyida «Budyo-Glimt»ni qabul qilib 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Norvegiya chempionatida debyut qilgan mezbonlar darvozaboni Yan de Bur uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. O‘yin tugugach, darvozabonga 3 ta seyv va bitta penalti qaytargan «Men of the match» sovrini sifatida 4 quti tuxum topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, de Bur o‘tgan  ikki mavsumda Niderlandiya quyi ligasi vakili «VVV-Venlo» jamoasi darvozasini qo‘riqlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring