Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshi dzyudochisi nomiga da’vogar
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024 yilning eng yaxshi sportchisi nomiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova ham bor.
«Yilning eng yaxshi dzyudochisi» nominatsiyasiga da’vogarlardan biri Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova bo‘ldi. Parijdagi Olimpiadada o‘zbekistonlik dzyudochining yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi ham «Yil voqeasi» nominatsiyasidan joy olgan.
Shuningdek, Marko Shpitka O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi faoliyati uchun «Yilning eng yaxshi murabbiyi» nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi.
Bundan tashqari, Muhammad Jumayev Dushanbedagi «Katta dubulg‘a» turnirida qo‘llagan texnikasi «Yil ipponi»ga nomzodlar qatoridan joy oldi.
Ovoz berish JudoTV platformasi orqali amalga oshiriladi va 2025 yilning 10 yanvarigacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter