Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAA terma jamoasi Toshkentga jiddiy yo‘qotishlar bilan keldi

BAA terma jamoasi Toshkentga jiddiy yo‘qotishlar bilan keldi

O‘zbekiston terma jamoasi 15 oktyabr kuni JCh-2026 uchinchi saralash bahslari doirasida o‘z uyida BAA bilan o‘ynaydi.

Mehmonlar Toshkentga bir necha yo‘qotishlar bilan keldi. Jumladan, Kuadio diskvalifikatsiya sabab jamoasiga yordam bera olmaydi, Yahyo Nodir hali to‘liq tayyor emas. Shuningdek, Abdulrahmon Solih jarohat tufayli va Fabio De Lima shaxsiy sabablarga ko‘ra BAA bilan birga O‘zbekistonga kelmagan.

Fabio De Limaning holati e’tiborga molik. 2013 yilda u O‘zbekiston pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu holat O‘zbekistonda tekshiruvga sabab bo‘lib, bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani oydinlashgan. Shu bois Fabio O‘zbekistonga kelsa, hibsga olinishi mumkinligidan cho‘chimoqda.

BAA ushbu bahsga umumiy 22 futbolchi bilan tashrif buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring