Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Fransiya strategik sheriklik bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi

O‘zbekiston va Fransiya strategik sheriklik bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim hamda Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi almashildi.

Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:

- O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

-tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

- 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;

- xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;

-sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;

- fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;

- musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;

- Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari;

-Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring