Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik institutga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Yuridik institutga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Z.Yu. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring