Hokimlik "haydovchisi"ning kirdikori fosh bo‘ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Undafuqaro M.M. fuqaro O.Q.ga o‘zini go‘yoki Buxoro shahar hokimligida haydovchi vazifasida ishlashini aytib, tanishlari yordamida uy-joy sotib olish uchun 350 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.I. fuqaro B.U.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Beruniy tumanidagi tijorat banklarining biridan 200 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishini aytib, evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter