Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yolg‘onchi rahbarlar»: IIBB aholini yangi firibgarlikdan ogohlantirdi

«Yolg‘onchi rahbarlar»: IIBB aholini yangi firibgarlikdan ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar IIBB fuqarolarning firibgarlikning yangi ko‘rinishidan ogohlantirdi.

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan Telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan sohta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.

Bu qanday sodir bo‘ladi? Firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan telegram messenjerida sohta akkaunt ochib qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan guyoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi.

Firibgarning gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi.

Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqdalar.

«Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!», deyiladi IIBB xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring