«Yil o‘qituvchisi» tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblarga uch xonali uy beriladi – Prezident
Endi har yili 208 nafar o‘qituvchi 3 xonali uy oladi – bu haqda Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlar bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida ma’lum qilib o‘tdi. Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, bundan so‘ng har yili mamlakat bo‘ylab 208 ta tumanlarning barchasida «Yil o‘qituvchisi» tanlovi o‘tkaziladi va g‘olib chiqqan pedagog xodimlarga uch xonali uy beriladi.
– Ta’kidlash kerakki, yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan o‘qituvchilar – bular ham xalqning, millatning noyob boyligi. Ularning har biri takrorlanmas shaxs. Ularning mashaqqatli, mas’uliyatli mehnati eng yuksak baho va rag‘batga munosib.
Shu bois «Yil o‘qituvchisi» tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter