Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yil boshidan buyon qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan – statistika

Yil boshidan buyon qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan – statistika

2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 foizga oshgan.

2024-yilning 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 30 460 tani tashkil etgan. 

Qurilish korxonalarining eng katta qismi 6 917 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 22,7 foiz Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring