Yangiyo‘ldagi yog‘ zavodiga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llanildi
«Yangiyo‘l yog‘-moy» AJ tomonidan 2024-yil fevral oyida birja savdolariga 10 tonnadan ziyod 250 mln so‘mga yaqin sovun mahsuloti tasdiqlangan grafik rejasi asosida muddatlar va hajmlarda qo‘yilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu mahsulot umuman sotuvga chiqarilmaganligi holatlari aniqlandi.
Raqobat qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 311-bandi 18-xatboshisida, «Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish» harakatlari manipulyasiya deb hisoblanadi.
Shunga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter