Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazdan asossiz qarzlar bekor qilindi

Gazdan asossiz qarzlar bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan gaz ta’minotiga oid 1500 ga yaqin e’tirozli murojaatlar kelib tushgan.

Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga gaz ta’minoti bo‘yicha kelgan murojaatlardan biri «YUG SEVER STROY» MChJga tegishli bo‘ldi, deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘rganishlar jarayonida «ZARBDORTUMANGAZ» gaz ta’minoti filiali tomonidan mazkur MChJga 121 757 550 so‘m miqdoridagi asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.

Natijada Maxsus komissiya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablaridan kelib chiqib, «HUDUDGAZTA’MINOTI» AJ va «HUDUDGAZ JIZZAX» gaz ta’minoti filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, murojaatda keltirilgan 121 757 550 so‘m mablag‘ni to‘liq «YUG SEVER STROY» MChJning foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Buxoro viloyatida fuqaro A.T. hududiy boshqarmaga murojaat yuborib, o‘zi istiqomat qilayotgan uyda gaz hisoblagich ishlamayotgani, bu haqda xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga murojaat qilgani, shunga qaramasdan 18,7 mln so‘m hisoblanayotgani, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.

Hududiy boshqarmaning olib borilgan o‘rganish natijasida «BUXORO SHAHAR GAZ» gaz ta’minoti  filiali tomonidan fuqaroga hisoblagichi nosozligi haqida dalolatnoma tuzilgan,  asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, uning foydalangan gazga to‘lovi  1,8 mln so‘m hisoblanib,  ortiqcha 16,9  so‘m asossizligi sababli iste’molchining hisob varag‘idan chiqarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring