Gaz va elektr uchun kompensatsiya beriladi
Kam ta’minlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladilar.
Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to‘lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha yordam puli, ya’ni 270 ming so‘m to‘laydi:
- asosiy ro‘yxat bo‘yicha. Unga «Yagona ijtimoiy himoya reyestri» orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
- qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).
Pul kartaga 2024 yil 27 noyabrdan keyin o‘tkaziladi. Murojaat qilish uchun «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining tezkor liniyasi ishlamoqda — 1140.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter